Mo'g'uliston poytaxti – Ulan-Bator shahrida bir hafta ichida IX yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati va III veteranlar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqalar kurashning jahon sport maydonida ommalashishiga yordam beradi.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi yaqinda ushbu musobaqalarda ishtirok etadigan milliy terma jamoalar ro'yxatdan o'tish muddatining tugaganini e'lon qildi.
Mo'g'uliston poytaxtida bo'lib o'tadigan kurash bo'yicha jahon chempionatida 30 dan ortiq mamlakatdan 400 dan ziyod sportchi ishtirok etadi.
Musobaqalar doirasida murabbiylar va hakamlar uchun seminarlar, Xalqaro kurash assotsiatsiyasining kengaytirilgan yig'ilishlari, shuningdek, turli brifinglar va ko'rgazmalar o'tkaziladi.
Musobaqalar 2 dekabrda boshlanadi.
Ushbu kunlarda Ulan-Bator shahrida musobaqalarni yuqori darajada tashkil etish uchun Xalqaro kurash assotsiatsiyasining ishchi guruhi faoliyat boshladi.
O'zbekiston kurash terma jamoasi a'zolari, jahon chempionatida mamlakatimiz sharafini himoya qilishga tayyorlanayotgan murabbiylar guruhi Tashkent viloyatida o'tkazilayotgan o'quv-trenirovka yig'ilishlarida ishtirok etayotganini eslatib o'tamiz.