Tokentda o‘tkazilgan yoshlar jahon kubogida qilichbozlik bo‘yicha yakka musobaqalar yakunlandi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida oltin medal uchun ikkita o‘zbek sportchisi kurash olib bordi. Finalda Islombek Abdozov va Zuhridin Kodirov o‘rtasidagi bahs 15:14 hisobida birinchining foydasiga hal bo‘ldi.
1 o‘rin: Islombek Abdozov (O‘zbekistan)
2 o‘rin: Zuhridin Kodirov (O‘zbekistan)
3 o‘rin: Adem Kupeli (Turkiya)
3 o‘rin: Oskar Vazhda (Vengriya)