O'zbekiston poytaxtidagi "Universal" majmuasida kattalar o'rtasida sport kurashi bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi. 24-noyabrgacha davom etadigan musobaqalarda mamlakatning barcha mintaqalaridan eng yaxshi kurashchilar ishtirok etadi.
Chempionatning birinchi kunida ringga greko-rim kurashchilari chiqadi. Dasturga ko'ra, bugun kunning ikkinchi yarmida mamlakat chempionatining ochilish marosimi va final janglari o'tkaziladi.