Chempionatda 30 ga yaqin o'qchilar 10 metr masofada pistolet va miltiqdan o'q otish dasturlarida bellashdilar.
Qizg'in musobaqalar natijasida Toshkent shahridan, Qoraqalpog'iston Respublikasidan va Namangan viloyatidan o'qchilar g'olib bo'lib, o'zaro mukofotlarni taqsimladilar.
Jamoamizning yetakchi sportchilari Shahnoza Mamajonova va Mahmudaxon Sobirova yana bir bor o'z sohalarida tengsiz ekanliklarini isbotladilar.
Chempionat g'oliblari va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.