Kuveytda Osiyo Olimpiya Kengashining (OСA) Ijroiya qo'mitasining 90-majlisi tashkil etildi. Tadbirda tashkilotning yaqin kelajakdagi faoliyat rejalari va kelgusi katta kompleks musobaqalariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Uzbeksitandan majlisda OСAning vitse-prezidenti, NОKning birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, Qo'mita bosh kotibi O'ybek Qosimov, mamlakat Judo Federatsiyasi raisi Azizjon Qamilov ishtirok etdilar.
Tadbirning kun tartibiga Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik haqidagi so'nggi ma'lumotlarni muhokama qilish kiritildi. Mas'ul shaxslar o'z sohalari bo'yicha taqdimotlar namoyish etdilar. Shuningdek, majlis davomida OСAning doimiy komissiyalari o'z faoliyatlari haqida batafsil hisobot berishdi. Bundan tashqari, Osiyo Olimpiya Kengashi va Kuveyt hukumati o'rtasida OСA shtab-kvartirasining bu mamlakatdagi muxtoriyati haqida kelishuv imzolandi.
O'zbekiston tomoni ish safari davomida Kuveyt rasmiylari va Olimpiya oilasining yuqori lavozimli vakillari, shuningdek, OСA rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida tashkilotlar o'rtasidagi do'stlik aloqalarini yanada mustahkamlash va hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi.