To'shkent viloyatida yana bir bor O'zbekiston Respublikasining barcha mintaqalaridan eng yaxshi yosh sportchilar yig'ilishdi. Bir necha kun davomida Chirchiqda U11 va U19 zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazildi.
Musobaqalar davomida yosh beshkurashchilar o'z mahoratlarini namoyish etdilar. Turnir natijalari bo'yicha Andijon viloyati 2-sport maktabi asosiy mukofotni qo'lga kiritdi.