Bugun Fransiyaning Orlean shahrida qilichbozlik bo'yicha Grand Prix boshlanadi. Birinchi kun musobaqalarida O'zbekiston terma jamoasining vakillari Zaynab Dayibekova va Gulistan Perdibaeva ishtirok etadilar.
Erkaklar o'rtasidagi musobaqalarda mamlakatimizni Islambek Abdazov, Musa Aymuratov va Zuhrittin Qodirov taqdim etadi. Ma'lumot uchun, turnir 7-dekabrga qadar davom etadi.