Oldin xabar berganimizdek, Toshkentda yoshlar o'rtasida qilichbozlik bo'yicha Jahon kubogi bosqichi o'tkazilmoqda. Bugun qizlar o'rtasida shaxsiy dasturda chiqishlar bo'lib o'tdi.
Qat'iy raqobat natijasida O'zbekiston terma jamoasi vakili Fernanda Errera oltin medalga sazovor bo'ldi. Hal qiluvchi duelda bizning qilichbozimiz Polina Mishakina (Neytral sportchi) ustidan 15:13 hisobida g'alaba qozondi.
1 o'rin: Fernanda Errera (O'zbekiston)
2 o'rin: Polina Mishakina (Neytral sportchi)
3 o'rin: Ksenia Kony (Vengriya)
3 o'rin: Mariya Tretyakova (Neytral sportchi)