Kecha Toshkentda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) navbatdagi Kongresi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirning eng muhim jihati shundaki, FIE prezidenti saylovlarida bizning yurtdoshimiz Alisher Usmonov g'olib bo'lib, tashkilotni yangi muddatga boshqaradi.
Bundan tashqari, Kongres doirasida FIEning yangi Olimpiya davri uchun rejalari va butun dunyoda qilichbozlikni ommalashtirish bo'yicha bir qator loyihalar muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun, Alisher Usmonov 2008 yildan 2022 yilgacha FIEni boshqargan.