Abdullayev Olimjon Suyunovich O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tegishli qarorni prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi.
Abdullayev ko'p yillar davomida Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishladi. Tayinlangunga qadar 2021 yildan boshlab Germaniyaning Frankfurti shahrida O'zbekistonning bosh konsuli lavozimida faoliyat yuritgan.
Oldingi Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Rahmatulla Nurimbetov O'zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi etib tayinlandi.