2024-yil 27-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 790 «Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida» qarori qabul qilindi.
Ushbu hujjat bilan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash tartibi tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni o'z ichiga oladi:
- «Uzkomnazorat» inspeksiyasi orqali «Raqamli nazorat» kompleks axborot tizimi orqali aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash;
- respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat tashkilotlari aloqa markazlari ro'yxatini yuritish.
Tartibga ko'ra, aloqa markazi — jismoniy va yuridik shaxslarning telefon murojaatlariga qabul qilish va javob berish xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilot yoki bo'linma bo'lib, buni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tashkiliy, texnik va boshqa resurslarga ega (ishonch telefonlari, Call-markazlar, dispecher markazlari).
Aloqa markazlari quyidagi tarzda baholanadi:
- 71 balldan 100 ballgacha – «ajoyib» («yashil» toifasi);
- 55 dan 70 ballgacha – «yaxshi» («sariq» toifasi);
- 54 ballgacha – «qoniqarsiz» («qizil» toifasi).
Hujjat O'zbekiston Respublikasi qonunchilik milliy ma'lumotlar bazasida e'lon qilingan va 2024-yil 29-noyabrdan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova.