Qo'mita qarorida rubob Markaziy, Janubiy va Janubiy-G'arbiy Osiyoning eng qadimiy musiqa asboblaridan biri ekanligi ta'kidlangan.
Rubob Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari uchun birlashtiruvchi omil sifatida muhim ahamiyatga ega. U madaniy va ijtimoiy birlashuvni rag'batlantiradi hamda madaniy almashuvlar va hamjihatlikni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi.
Bu san'at sifatli ta'lim, jinsiy tenglik va inklyuziv iqtisodiy va barqaror rivojlanishga ham hissa qo'shishi qutlanadi.
Qo'mita, shuningdek, tashabbuskor mamlakatlarda rubob yasash va o'ynash san'atini saqlash, rivojlantirish va yanada ommalashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan amaliy choralarni yuqori baholadi.
«Rubob yasash va o'ynash san'ati» O'zbekiston tashabbusi bilan UNESCOning Nemateryal madaniy merosning vakillik ro'yxatiga kiritilgan 16-elementga aylandi.