Qozog'iston Darbaza - Maktaaral temir yo'lini uch yil ichida qurishni tugatishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda "Samruk-Kazyna" milliy fondi.
Yangi tarmoq O'zbekiston bilan chegara orqali yuk tashishlarni oshirishga va Saryagash - Toshkent chegara o'tish joyidagi yuklamani kamaytirishga mo'ljallangan. Shuningdek, bu Turkiston viloyatining uzoq hududlarini boshqa Qozog'iston mintaqalari bilan bog'lashni yaxshilaydi.
Loiyha qiymati 286 milliard tengeni ($545,7 million) tashkil etadi. Tarmoqning ishga tushirilishi 2027 yilga rejalashtirilgan.
Yangi temir yo'l uchun zarur bo'lgan 203 km rels-shpal to'plami taxminan yarmiga yaqin yoki 100 km atrofida yig'ilgan. O'tkazilgan yer ishlari hajmi 15% (1,4 million kubometr) ni tashkil etadi.
Loihani amalga oshirishda 70 dan ortiq mutaxassis ishtirok etmoqda. Qurilish davomida jami 3400 ish o'rinlari yaratiladi, va uning tugagach, 500 dan ortiq odam doimiy ish bilan ta'minlanadi.
Tarmoq qurilishi 2023 yil noyabrida boshlandi. O'shanda qayd etilganidek, yangi liniya O'zbekistonga yuklarni tezlatuvchi transportni oshirishga, shuningdek, Tojikiston, Afg'oniston va Eron orqali tranzitni yaxshilashga imkon beradi. Shuningdek, davlatlar o'rtasida yo'lovchi poezdlar harakatini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Avval Spot O'zbekiston va Qozog'iston YEBR dan Qyzylorda - Uchquduq temir yo'lini qurish uchun mablag' jalb qilishni rejalashtirayotganini yozgan edi.