Tokio hukumati 2025 yil aprelidan davlat muassasalari xodimlari uchun to'rt kunlik ish haftasini joriy etishni boshlaydi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Tokio gubernatori Yuriko Koike ushbu yangi tashabbus haqida siyosiy masalalar bo'yicha chiqishida e'lon qildi. Uning so'zlariga ko'ra, o'zgarishlar bolalar sababli kareradan voz kechishni oldini olishga qaratilgan.
«Hozirgi paytda Tokio uchun muhim vaqt keldi, biz fuqarolarimizning hayoti, farovonligi va iqtisodiyotini himoya qilish va yaxshilash uchun tashabbusni o'z zimmamizga olishimiz kerak», — qo'shimcha qildi u.
Bundan tashqari, boshlang'ich maktabning kichik sinflarida o'qiyotgan bolalari bo'lgan ota-onalar uchun ish kunini qisqartirish va maoshni kamaytirish imkoniyati joriy etilmoqda.
Joriy yil iyun oyida Yaponiya tug'ilish darajasi yana bir rekord pastlikka erishdi - tug'ilish koeffitsienti bir ayolga 1,2 bola tushdi. Hozirgi aholi sonini saqlab qolish uchun minimal ko'rsatkich 2,1 bola hisoblanadi.
Sotsiologik tadqiqotlarga ko'ra, past tug'ilish darajasining asosiy sabablari qattiq mehnat madaniyati va hayot narxining oshishi hisoblanadi. Uzoq ish soatlari va karera va oila o'rtasidagi tanlov bilan bog'liq bosim bolalarni tarbiyalashni ayniqsa qiyinlashtiradi.
Dunyo bo'ylab to'rt kunlik ish haftasi
Yaqinda Islandiyada maoshni saqlagan holda qisqartirilgan ish haftasi muvaffaqiyatli o'tdi. Xodimlar ish jadvalidan ko'proq mamnunlik bildirishdi va shaxsiy hayotlarida stress darajasi pasaydi.
O'xshash tajriba oktyabr oxirida Germaniyada yakunlandi, bu yerda dasturda ishtirok etgan kompaniyalarning 73% to'rt kunlik ish haftasiga o'tdi. O'tgan yili muvaffaqiyatli sinovdan so'ng 56 britaniyalik kompaniya ham qisqartirilgan jadvalni qabul qildi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniyada mingta xodim to'rt kunlik ish haftasiga o'tkazildi. Tajriba doirasida ishtirokchilar bir kun kam ishlaydi, ammo maosh kamaymaydi.
Spot to'rt kunlik ish haftasini O'zbekistonda joriy etish imkoniyati haqida biznes vakillarining fikrlarini keltirgan.
Oldinroq Spot Senatning Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan berilgan to'langan ta'til konventsiyasini ratifikatsiya qilishini ma'qullaganini yozgan edi.