Donald Trump AQSh hududida tug‘ilgan bolalarga, ota-onalarining maqomidan qat'i nazar, avtomatik ravishda fuqarolik berishni bekor qilish niyatida ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

So‘nggi intervyusida Trump 20 yanvar kuni inauguratsiyadan so‘ng ijro etuvchi farmonlar orqali o‘zgarishlar kiritishni rejalashtirayotganini aytdi.

Tug‘ilgan joy bo‘yicha fuqarolik huquqi AQSh Konstitutsiyasining 14-o‘zgartirishida belgilangan bo‘lib, unda "mamlakat hududida tug‘ilgan barcha shaxslar AQSh fuqarolari" deb aytiladi.

“Biz buni o‘zgartirishimiz kerak," — dedi Trump, buni amalga oshirish uchun amerika Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

дональд трамп, мигранты, сша

Saylangan prezident noqonuniy muhojirlarga, AQSh fuqarolari bo‘lgan oilalarning a'zolarini ham o‘z ichiga olgan holda, deportatsiyalarni davom ettirish niyatini tasdiqladi. “Men oilalarni buzmoqchi emasman, shuning uchun ularni birga saqlashning yagona yo‘li — barchasini deportatsiya qilish,” — deya ma'lum qildi siyosatchi.

Oldinroq Spot Ilon Mask AQSh davlat boshqaruvi samaradorligi bo‘yicha yangi Departamentni boshqarishini yozgan edi.