Yangi yil bayramlari munosabati bilan "O'zbekiston temir yo'llari" Toshkent - Samarqand yo'nalishi bo'yicha qo'shimcha yuqori tezlikdagi Afrosiyob elektr poezdini ishga tushirmoqda, deb xabar bermoqda "Temiryo'lekspress" matbuot xizmati.

Yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 15 dekabrdan boshlab Afrosiyob poezdi haftada uch marta: juma, shanba va yakshanba kunlari harakat qiladi.

Qo'shimcha elektr poezdi 12 yanvargacha yo'lovchi tashishlarini amalga oshiradi. Yil boshidagi dam olish kunlari (1 va 2 yanvar) bundan mustasno.

Afrosiyob qo'shimcha poezdining jadvali:

  • Samarqanddan - 10:55, Toshkentga - 13:15;
  • Toshkentdan - 13:56, Samarqandga - 16:44.

Avvalroq Spot, UTTY 7 dekabrdan boshlab Afrosiyob poezdlarini Xivaga ishga tushirish haqidagi mish-mishlarni rad etganini yozgan edi.