Juma, 28-noyabrda, rublning rasmiy kursi valyuta birjasida mahalliy minimumga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma'lum qildi.

Bir kunda Rossiya valyutasi 2 som 17 tiyin arzonlashdi. Hozir u 120,07 som turadi — 2023 yil 15-avgustdan beri eng past narx. 20-iyundan buyon rubl o'zbek somiga nisbatan 20% dan ortiq arzonlashdi.

O'z navbatida, amerika dollari 27,91 somga qimmatladi — 12 848,38 somgacha. Yevro 42,17 som qo'shib, 13 512,64 somga yetdi.

Bir hafta oldin dollarning rasmiy kursi birinchi marta 100 rubl belgisini oshdi. 28-noyabrda Rossiya Banki dollar kursini 108,01 rubl darajasida o'rnatdi, rublning somga nisbati esa 118,69 bo'ldi.

Spot.uzda reklama

RBK yozishicha, bugun xalqaro Forex bozorida dollar kursi 114,5 rublni oshib ketdi, Rossiya ichki banklararo bozorida esa ushbu belgi yaqinlashdi. Shuningdek, yuan kursi Moskvada 2022 yil 29-martdan beri birinchi marta 15 rubl belgisini oshdi.

Rubl kursiga ta'sir etuvchi asosiy omillar sifatida analitiklar banklararo bozorida yuanlarning mavjudligi yomonlashuvi, neft narxlari va eksport daromadining barqaror oqimi, shuningdek, kapital chiqishi, xorijiy investitsiyalarning Rossiyaga kirishini kamayishi, ichki talab hajmi va import narxini ajratdilar.

RBK ta'kidlaydiki, iyun o'rtalaridan boshlab Rossiya Markaziy Banki dollar va yevro rasmiy kurslarini hisoblashda 15:30 Moskva vaqti bilan joriy ish kunida bozorlararo valyuta bozoridagi bank hisobotlari ma'lumotlaridan foydalanadi.

Oldinroq Spot yozganidek, O'zbekiston valyuta birjasi ma'lumotlari endi Bloombergda mavjud.