Janubiy Koreya milliy temir yo'l korporatsiyasi (KORAIL), Saman va Dongmyeong Technology Corporation kompaniyalari O'zbekistonda yuqori tezlikdagi temir yo'l qurilishi uchun texnik-iqtisodiy asoslash bilan shug'ullanadi. Bu haqda Yonhab yangiliklar nashri xabar bermoqda.

Yangi yuqori tezlikdagi temir yo'l Toshkent va Samarqand o'rtasida o'tkaziladi. Loyihani Janubiy Koreya Eksimbankining iqtisodiy hamkorlik fondi (EDCF) moliyalashtirmoqda.

Texnik-iqtisodiy asoslash ishlari 15 oy davom etadi va 2026 yil martida tugaydi. Loyihaning doirasida maydon tadqiqotlari, kelajakdagi transport talabining prognozi, infratuzilma asosiy rejasini ishlab chiqish, qurilish xarajatlarini hisoblash va iqtisodiy samaradorlikni tahlil qilish amalga oshiriladi. Shuningdek, mahalliy mutaxassislarga ta'lim berish rejalashtirilgan.

Toshkent - Samarqand yuqori tezlikdagi temir yo'li

Yuqori tezlikdagi harakat uchun alohida yo'l qurish rejalari haqida "O'zbekiston temir yo'llari"ning birinchi o'rinbosari 2023 yil noyabrida ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, hozirgi infratuzilma yo'lovchi va yuk tashish hajmining o'sishi uchun yetarli emas.

Reklama Spot.uz da

Oldinroq Spot, Toshkent - Xojikent temir yo'lini to'g'rilash rejalashtirilayotganini yozgan edi.