Joriy yilning yanvarida O'zbekiston 13 ta samolyotni $633,1 millionga xarid qildi, ma'lum qiladi Prezident huzuridagi Statistika agentligi.
Eng ko'p samolyot Germaniyadan xarid qilingan (6 ta). Bitimning umumiy summasi $421,7 millionni tashkil etdi.
Shuningdek, respublika Litvadan 4 ta samolyot ($66,7 million) xarid qildi. Frantsiya, Singapur va Buyuk Britaniyadan bitta samolyot sotib olindi. Har birining narxi $60 million, Britaniya samolyoti esa ancha arzonroq bo'ldi ($18,8 million).